Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Dide Deshamning aytishicha, hujumchi Kilian Mbappe yana to'pig'ini jarohatlab oldi.
U JCH–2026 saralash bosqichidan o'rin olgan Fransiya — Ozarbayjon (3:0) uchrashuvi jarohat olgan. So'ngra 83-daqiqada zahiraga olindi.
«Ha, bu o'sha oyoq, avval ham u yerda jarohat bor edi. Kilian dam olganida og'riq kamayadi, lekin o'yin paytida raqib bilan to'qnashuvlardan qochib bo'lmaydi. Hozircha vaziyatni turlicha baholaymiz. To'g'risi, Mbappeda noqulaylik bor, bu yaxshi emas», — deya Deshamning so'zlarini keltirmoqda jurnalist Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog'ida.
Avvalroq, Mbappe Ozarbayjonga qarshi o'yin oldidan milliy jamoa bilan jarohati sabab to'liq mashg'ulot o'tkazmagandi.