Live
1
O'zbek

Mbappe «Real»dan boshqa qaysi klubda faoliyatini davom ettirishini mumkinligini aytdi

Futbol
17 mart, 07:50
Madrid klubi va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkminligi haqida gapirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Mbappe «Real»dan boshqa qaysi klubda faoliyatini davom ettirishini mumkinligini aytdi
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe agarda «qirollik klubi»ga o‘tmaganida faoliyatini qayerda davom ettirishi haqida gapirdi.

«Real» «PSJ»dan ketishimga sabab bo‘ladigan yagona klub edi. Agarda bu transfer amalga oshmaganida, men faoliyatimning oxirigacha Parijda to‘p tepgan bo‘lardim. Bu jamoada juda ko‘p do‘stlarim qolgan», - deya forvard so‘zlaridan iqtibos keltirdi One Football.

27 yoshli fransiyalik 2024 yilning yozida ispan grandi safiga borib qo‘shilgandi. Kilian Madrid klubi bilan 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan bitimga imzo chekkan. Futbolchining taxminiy transfer narxi 200 million yevroni tashkil qiladi.

Bugungi yangiliklar