«Manchester Siti» «Tottenhem»ning 21 yoshli vinger Savio bo'yicha yuborgan 70 million yevrolik taklifini rad etdi. Bu haqda Globo nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, hozirda tomonlar o'rtasida braziliyalik futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, Savio 2024 yilning yozidan buyon «shaharliklar» safida to'p surmoqda. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 48 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Braziliyalik vingerning «Siti» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.