"Manchester City"ning Chempionlar Ligasi yangi mavsumi uchun kengaytirilgan tarkibi e'lon qilindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Unga ko'ra, o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov qaydnomadan joy oldi. Shuningdek, yaqinda klubga qo'shilgan Janluiji Donnarumma ham ro'yxatda qayd etilgan. Riko Lyuis va Niko O'Reyli kabi himoyachilar esa B ro'yxatga kiritilgan.
Darvozabonlar: Donnarumma, Trafford, Ortega, Bettinelli.
Himoyachilar: Nunez, Stouns, Husanov, Dias, Gvardiol, Ake, Ait-Nuri.
Yarimhimoyachilar: Rodri, Kovachich, Niko, Reynders, Bernardu Silva, Foden, Sherki.
Hujumchilar: Savio, Doku, Bobb, Marmush, Holand.