Janluiji Donnarumma "Manchester City" bilan shartnoma imzoladi.
Italiyalik 26 yoshli kiper "shaharliklar" bilan 2030 yilga qadar bitim tuzdi.
"PSJ" uning transferidan 35 million yevro ishlab oladi. Shuningdek, qo'shimcha bonuslar ham qo'shilishi mumkin.
Donnarumma "PSJ" safida to'rt mavsum to'p tepdi. Bu vaqt davomida Parij klubi bilan 10ta sovrin, jumladan, o'tgan mavsumda Chempionlar ligasi va 4 marta Fransiya chempioniga aylandi.
Avvalroq "Manchester City" darvozaboni Ederson "Fenerbahche"ga yo'l olgani xabar qilingandi.