Live
6
O'zbek

«Fenerbahçe» Edersonning transferini e'lon qildi

Futbol
2 sentabr, 03:39
U allaqachon Istanbulga yetib borgan.
«Fenerbahçe» Edersonning transferini e'lon qildi
Фото: Getty Images

«Fenerbahçe» klubi Edersonning transferini e'lon qildi.

Braziliyalik 32 yoshli kiper Turkiya klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Shuningdek, kelishuvga ko'ra, tomonlar kelishuv muddatini bir yilga uzaytirishi mumkin.

Ederson transferni yakunlash uchun allaqachon Istanbulga yetib borgan.

Qayd etilishicha, u «Fenerbahçe»da yiliga 11 million yevro atrofida maosh oladi.

Futbolchining transfer qiymati 13-14 million yevroni tashkil etishi xabar qilingan edi.

Ederson 2017 yildan beri «Manchester City»da to'p tepib kelmoqda. Shu kunga qadar u «shaharliklar» safida 327ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Avvalroq «Galatasaray» «Manchester City» yarimhimoyachisi Ilkay Gündoğan bilan shartnoma imzolashga yaqin ekanligi xabar qilingan edi.

Bugungi yangiliklar