"Galatasaray" "Manchester City" yarimhimoyachisi Ilkay Gundogan bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda jurnalist Yagiz Sabunchugli xabar berdi.
Turkiya klubi 34 yoshli futbolchiga yiliga 5 million yevro maosh taklif etgan. Muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanish arafasida.
"Shaharliklar" rahbariyati ham Gundoganing istanbulliklarga o'tishiga rozilik bergan. Tomonlar o'zaro kelishuvga erishgan va Ilkay yangi jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi.
Eslatib o'tamiz, Angliya chempionatining joriy mavsumida yarimhimoyachi hali "Manchester City" safida maydonga tushmadi. Avvalroq Ederson ham Istanbul klubiga o'tgani ma'lum qilingandi.