Ederson «Manchester Siti»dan «Fenerbahche»ga o‘tdi, deb xabar beradi Fabrizio Romano.
Turk klubi «Manchester Siti» bilan 32 yoshli darvozabonning transferi borasida kelishuvga erishdi.
Istanbul klubi «shaharliklar» bilan bir yillik shartnomasi qolgan braziliyalik posbon uchun taxminan 13-14 million yevro to‘laydi.
Ederson Angliya klubiga 2017 yilda 40 million yevro evaziga «Benfika»dan o‘tgan edi. Umumiy hisobda darvozabon «Manchester Siti»da 372 o‘yin o‘tkazdi. U jamoa bilan 6 bor APLni va 1 marta YCHLni yutdi.
Avvalroq «Galatasaroy» Ederson transferi uchun 10 million yevro taklif qilgandi.