Karim Benzema va "Al Hilol" mavsum oxirigacha olti oylik shartnoma tuzish bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqida jurnalist Santi Auna xabar bermoqda.
Avvalroq 38 yoshli hujumchi "Al Ittihod" taklif etgan shartnomadan norozi bo'lib, jiddaliklar safida o'ynashdan bosh tortgani ma'lum bo'lgandi.
Manbaga ko'ra, muzokaralar davom etmoqda. Tomonlar shartnoma muddatining ehtimoliy uzaytirilishi va maosh masalasida yana bir bor uchrashishadi.
Benzema bu mavsumda Saudiya Proligasida 14 o'yinda 8 ta gol urg'an. Uning klubi "Al Ittihod" ligada 6-o'rinni, ehtimoliy yangi jamoasi "Al Hilol" esa 1-pog'onani egallab turibdi.