Live
9
O'zbek

"Lochin" Eldor Moylievni bosh murabbiy sifatida ro'yxatdan o'tkazdi

Futbol
16 fevral, 04:00
Mutaxassis bilan 2026 yil oxiriga qadar shartnoma imzolangan.
"Lochin" Eldor Moylievni bosh murabbiy sifatida ro'yxatdan o'tkazdi
Foto: PFC Shurtan

Qarshi Davlat Universitetiga qarashli "Lochin" klubi Eldor Moylievni bosh murabbiy sifatida ro'yxatdan o'tkazdi. Bu haqda O'zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mutaxassis bilan 2026 yil oxiriga qadar shartnoma imzolangan. Moylievning so'nggi ish joyi Guzorning "Sho'rtan" jamoasi bo'lib, bu klubda u bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.

Ma'lumot o'rnida, "Lochin" bu mavsum Proligada ishtirok etadi. O'tgan mavsum klub Birinchi liga G'arbiy mintaqasida 39 ochko bilan turnir jadvalida 2-o'rinni band etgan.

Ayni vaqtda jamoa Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib bormoqda.

"Lochin" Eldor Moylievni bosh murabbiy sifatida ro'yxatdan o'tkazdi
Foto: O'zPFL
Bugungi yangiliklar