Live
9
O'zbek

"Lochin" Proligada ishtirok etadi

Futbol
16 yanvar, 14:22
Proligada universitetlar qoshidagi klublar soni ikkitaga yetdi.
"Lochin" Proligada ishtirok etadi
Фото: UzPFL

O'tgan yilning 9 dekabr kuni Liga ishchi guruhi Qarshi shahrida bo'lib, Qarshi davlat universiteti hududida barpo etilayotgan stadionda o'rganish ishlarini amalga oshirgandi.

PFL matbuot xizmati xabar berishicha, 7 aprel sanasida esa Qarshi davlat universiteti va Liga o'rtasida memorandum imzolangan bo'lib, "Lochin" klubi unda qayd etilgan yo'nalishda faoliyat olib bordi va debyut mavsumidayoq futbol jamoatchiligi e'tiborini o'ziga qaratdi. O'tgan davr mobaynida "Lochin" Proligada ishtirok etish uchun talabgor klub sifatida hujjatlarni rasmiylashtirdi.

"Eng so'nggi bosqichda universitet rektori Dilmurod Nabiev "Lochin" klubining 2026 yildan e'tiboran Proligada ishtirok etishini kafolatlovchi rasmiy xatni Ligaga kiritdi. Universitet jamoasi Liga tomonidan qo'yilgan talablarni bosqichma-bosqich bajarib kelganligi inobatga olinib, "Lochin" Proliga ishtirokchilari safiga qabul qilindi", — deyiladi xabarda.

Shu tariqa, Proligada universitetlar qoshidagi klublar soni ikkitaga yetdi. Ma'lumki, o'tgan mavsum Farg'ona davlat universiteti musobaqada munosib ishtirok etgandi. Universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov joriy mavsumda ham FARDU Proligada to'p surishini tasdiqladi.

Bugungi yangiliklar