Bugun
8
O'zbek

«Lans» Sen-Maksimen bilan xayrlashdi

Futbol
5 iyun, 03:40
Uning klub bilan bitimi 30 iyun kuni nihoyasiga yetadi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Lans» Sen-Maksimen bilan xayrlashdi
Фото: Getty Images

«Lans» vinger Allan Sen-Maksimen bilan rasmiy xayrlashdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

«Qonli-oltinranglilar» fransiyalik 29 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Uning klub bilan bitimi 30 iyun kuni nihoyasiga yetadi.

Eslatib o'tamiz, Sen-Maksimen «Lans»ga fevral oyida erkin agent sifatida kelib qo'shilgan edi.

Bu vaqt davomida u 13 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga uchta gol va to'rtta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

«Lans» esa Fransiya chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi va keyingi mavsumda Chempionlar ligasining asosiy bosqichida ishtirok etadi.

Shuningdek, jamoa Fransiya kubogi finalida «Nitssa»ni yengib, turnir g'olibiga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lens Lens
Bugungi yangiliklar