Ispaniya chempionati 31-turida "Barselona" klubi "Espanyol" bilan kuch sinashdi.
Kataloniya derbisida Flik jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Ferran Torres dublga erishdi, Yamal va Rashford ham bittadan golga mualliflik qildi.
Natijada Flik jamoasi ochkolari soniini 79 taga yetkazib, peshqadamlni yanada mustahkamladi. "Espanyol" esa 38 ochko bilan 10-pog‘onada.
La Liga. 31-tur
Barselona – Espanyol 4:1
Gollar: Torres 9, 25, Yamal 87, Rashford 89 – Lozano 56.
Barselona: Joan Garsia, Jerard Martin (Kasado, 46), Kubarsi, Erik Garsia, Arauho, Balde (Kanselu, 65), Yamal, Fermin Lopes, Gavi (Rashford, 65), Pedri, Ferran Torres (Olmo, 74)
Espanyol: Dmitrovich, El-Xilali, Kalero, Cabrera, Romero (Exposito, 71), Losano, Gonsales, Exposito, Ngonj (Sanches, 64), Dolan, Martinez.