Live
10
O'zbek

Klopp Germaniya milliy jamoasiga 44 nafar futbolchini chaqirdi

Futbol
17 sentabr, 08:45
Nemislar ustozi Millatlar ligasidagi navbatdagi bahslar oldidan keng tarkibni shakllantirdi.
Klopp Germaniya milliy jamoasiga 44 nafar futbolchini chaqirdi
Foto: Getty Images

Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Millatlar ligasidagi navbatdagi bahslarga 44 nafar futbolchini chaqirdi. Bu haqda The Touchline xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Klopp bo‘lajak bahslarda ikki xil tarkibdan foydalanishni rejalashtirmoqda. «Bundestim» Niderlandiya, Gretsiya bilan uy va safardagi bahslar hamda Serbiyaga qarshi bellashuvda maydonga tushadi.

Milliy jamoaga chaqirilgan futbolchilar orasida Jamal Musiala, Kay Haverts, Lennart Karl, Yozua Kimmix, Karim Adeyemi, Florian Virts va Nik Voltemade kabi futbolchilar bor.

Ma’lumot uchun, Klopp avgust oyida Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. Mutaxassis jamoa bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
Bugungi yangiliklar