Bugun
27
O'zbek

Kimmix Germaniyaning JCH-2026dan chiqib ketgani haqida: «Bu men uchun eng og‘ir mag‘lubiyat bo‘ldi»

Futbol
23 sentabr, 11:27
    6
Germaniya milliy jamoasi sardori AQSH, Kanada va Meksikada o‘tgan mundialdagi omadsizlik haqida gapirdi.
Kimmix Germaniyaning JCH-2026dan chiqib ketgani haqida: «Bu men uchun eng og‘ir mag‘lubiyat bo‘ldi»
Foto: Gettyimages

Germaniya milliy jamoasi sardori Yozua Kimmix nemislarning 2026-yilgi jahon chempionatidan chiqib ketishiga izoh berdi.

JCH-2026da Germnaiya milliy jamoasi 1/16 final bosqichida sensatsion tarzda Paragvay milliy jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Mundial chempionligi esa Ispaniyaga nasib qildi.

«Bu men uchun eng og‘ir mag‘lubiyat bo‘ldi. Uchinchi marta shunday bo‘lyapti, lekin bu safar boshqa rolda, yanada og‘riqliroq. Vaziyatni istiqbolda ko‘rib chiqish uchun menga vaqt kerak edi. Ortga nazar tashlar ekanman, tushunaman: bu uch marta Jahon chempionatidan chiqib ketish mening faoliyatimning bir qismi. Ularni inkor etib, bekor qilib bo‘lmaydi. Ammo kelajakda hammasi boshqacha bo‘lishi uchun zamin yaratish mumkin. Men kuch va e’tiborimni aynan shunga qarataman. Biz odamlarni yana xursand qilish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz», - deya Kimmixning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sport Germany.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar