«Kattaqo‘rg‘on» klubi bosh murabbiy borasida qarorga keldi. Klub matbuot xizmati rossiyalik mutaxassis Yuriy Utkulbayev bilan kelishuvga erishilganini rasman e’lon qildi.
Qayd etilishicha, endilikda jamoa bosh murabbiyi vazifasini aynan Yuriy Utkulbayev bajaradi.
Mutaxassis faoliyatining katta qismini Qozonning «Rubin» klubi bilan bog‘lagan. Shuningdek, u Qozog‘iston chempionatida «Aktobe»ni boshqargan va «Nefteximik» hamda KAMAZ tizimida ham faoliyat olib borgan.
Klub bayonotida yangi murabbiyga omad va muvaffaqiyat tilangan.