Bugun
38
O'zbek

Jiru "Lill" bilan shartnomasini uzaytirdi

Futbol
8 iyun, 18:33
Yangi kelishuv 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Jiru "Lill" bilan shartnomasini uzaytirdi
Фото: Getty Images

"Lill" klubi hujumchi Olive Jiru bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi.

"Sarguzashtimni bu yerda davom ettirishdan juda xursandman. "Lill"da o'zimni ajoyib his qilyapman, menga hammasi yoqayapti. Doim ko'prog'iga intilaman hamda yangi mavsumda buni davom ettirib, yanada yaxshiroq natijalarga erishishga qat'iy qaror qilganman", — deya Jiruning so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

O'tgan mavsumda 39 yoshli forvard barcha turnirlar doirasida 44 ta o'yinda 11 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchi faoliyati davomida "Monpele", "Arsenal", "Chelsi", "Milan" va "Los-Anjeles" klublarida o'ynagan. Fransiya milliy jamoasi bilan jahon chempioni bo'lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lille Lille
Bugungi yangiliklar