Live
1
O'zbek

Jezush: «Ronalduning milliy jamoaga qaytishi? Oʻtmish mening qarorlarimga taʼsir qilmaydi»

Futbol
18 sentabr, 13:38
    12
41 yoshli hujumchi navbatdagi yigʻin uchun milliy jamoaga yana taklif etildi.
Jezush: «Ronalduning milliy jamoaga qaytishi? Oʻtmish mening qarorlarimga taʼsir qilmaydi»
Фото: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jorge Jezus Krishtianu Ronaldo haqida fikr bildirdi.

41 yoshli hujumchi navbatdagi yigʻin uchun milliy jamoaga yana taklif etildi.

«Ronaldo? Biz uchun uning bugungi oʻyini muhim, oʻtmish ahamiyatli emas. Agar u yaxshi oʻynasa, maydonga tushadi. Agar oʻyini talab darajasida boʻlmasa, u maydonda boʻlmaydi. Uning maqomi boshqalardan farq qiladi, beshta «Oltin toʻp»i bor, ammo bu qarorlarimga taʼsir qilmaydi»», – deya Jorge Jezusning soʻzlarini The Touchline keltiradi.

Portugaliya terma jamoasining navbatdagi uchrashuvi 24-sentabr kuni boʻlib oʻtadi. Jorge Jezus shogirdlari shu kuni Millatlar ligasi doirasida oʻz maydonida Uels terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Shuningdek, Norvegiya (27-sentabr), oktabr oyida esa Daniya (1-oktabr) va Norvegiya (4-oktabr) milliy jamoalari bilan bahs olib boradi.

Avvalroq Portugaliya milliy jamoasining FIFA kunlari uchun qaydnomasi eʼlon qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

12 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar