Qatarda bo‘lib o‘tayotgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida guruh bosqich oʻyinlari yakunlanib, pley-off bosqichi start olish arafasida.
Oʻzbekiston oʻsmirlar jamoasi oʻz guruhida 6 ochko toʻplagan holda 2-oʻrinni egallab, 1/16 final bosqichiga yo’l olganidan xabaringiz bor.
Islom Ismoilov shogirdlari Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs 15-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:45 da «Espayr» akademiyasi stadionida start oladi.
Agar oʻzbekistonlik futbolchilar ushbu raqib toʻsigʻidan oʻta olsa, chorak finalda Italiya – Chexiya juftligi gʻolibiga qarshi oʻynaydi.