Bugun
15
O'zbek

Janluiji Donnarumma — yilning eng yaxshi darvozaboni

Futbol
22 sentabr, 15:53
Italiyalik posbon o'tgan mavsumda «PSJ» bilan 4 ta sovrin qo'lga kiritgandi.
Janluiji Donnarumma — yilning eng yaxshi darvozaboni
Foto: Ballon D'or

Fransiya poytaxti Parijda «Oltin to'p-2025» marosimi bo'lib o'tmoqda.

Marosimda yilning eng yaxshi darvozaboni ham aniqlandi va Lev Yashin sovrini «PSJ» sobiq posboni Janluiji Donnarummaga nasib etdi.

Italiya milliy jamoasining 26 yoshli posboni o'tgan mavsumda parijliklar bilan Chempionlar Ligasi, Liga 1, Fransiya kubogi va superkubogida g'olib bo'ldi. So'ng yozgi transferlar oynasida «Manchester Siti»ga ko'chib o'tdi.

Eng yaxshi darvozabonlar beshligi
Foto: Ballon D'or

Ayollar o'rtasida esa «Chelsi» klubi va Angliya milliy jamoasi a'zosi Hanna Hempton eng yaxshi darvozabonga aylandi.

Ayollar o'rtasida eng yaxshi posbonlar
Foto: Ballon D'or

Avvalroq eng yaxshi yosh futbolchi va eng yaxshi murabbiylar ham aniqlangandi.

Bugungi yangiliklar