Ispaniyaning Uelva shahrida sud voyaga yetmaganlarga nisbatan zo'ravonlikda ayblangan bolalar futboli murabbiyi ustidan hukm chiqardi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, 2023 yilning yanvar oyidan buyon hibsda saqlanayotgan erkak 60 yil-u 9 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.
Tergov uning o'z mavqeidan va jabrlanuvchilarning zaifligidan foydalangan holda, 21 nafar bolaga nisbatan jinoyat sodir etganini aniqladi. Umumiy hisobda murabbiy 31 epizod bo'yicha aybdor deb topilgan.
Qamoq jazosidan tashqari, mahkumga ozodlikka chiqqanidan keyin besh yil davomida jabrlanuvchilarga 200 metrdan yaqinlashish taqiqlanadi. Shuningdek, unga voyaga yetmaganlar ishtirokidagi sport tadbirlarida murabbiy yoki instruktor lavozimini egallash umrbod taqiqlanadi.