Live
2
O'zbek

Islom Kenjaboyev: “Ota-onam “Qizilqum”ga qaytishimni xohlashdi”

Futbol
17 iyul, 01:25
25 yoshli vinger ilgari ham Navoiy klubida o‘ynagan.
Islom Kenjaboyev: “Ota-onam “Qizilqum”ga qaytishimni xohlashdi”
Foto: Qizilqum PFC

Navoiyning “Qizilqum” klubi ikkinchi davra oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini boshlab yuborgan. Xususan, “oltin izlanuvchilar” sobiq futbolchisi Islom Kenjaboyevni ortga qaytardi.

Ma’lum bir tanaffusdan so‘ng navoiylik 25 yoshli vinger yana “Qizilqum” a’zosiga aylandi. Tribuna.uz muxbiri Kenjaboyev bilan suhbatlashdi.

“Aslida navoiylikman. Ota-onam yana“Qizilqum”ga qaytishimni ko‘proq xohlashdi. Odatda qaysi jamoaga o‘tadigan bo‘lsam, birinchi navbatda ulardan maslahat olaman.“Qizilqum”dan taklif bo‘ldi, oilam ortga qaytishimni istadi.

To‘g‘risi, ikkinchi davradan umidimiz katta. Ko‘proq g‘alaba qozonish va yuqori beshlikka kirishni maqsad qilganmiz. Jarohat sabab bir yil davomida maydonga qayta olmagandim. Hozir hammasi yaxshi va“Qizilqum”ga yordam berishni rejalashtirganman. O‘ylaymanki, mavsumning ikkinchi qismi biz uchun yaxshi va omadli o‘tadi.

Hozirda yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalangan holda tayyorgarlikni davom ettiryapmiz. Jismoniy holatni yaxshilashga ko‘proq e’tibor qaratilgan.

Ayni paytga kelib menda hech qanday muammo yo‘q. Jismoniy holatimni yaxshilash va oldingi Kenjaboyevdan ham kuchli bo‘lib qaytishga harakat qilyapman. 2-davraning tezroq boshlanishini kutyapman. Jarohatlar biroz pand berdi. Lekin hozirga kelib hammasi ortda qoldi”, — deydi Kenjaboyev.

Islom 2022–2023 yillar oralig‘ida ham 1,5 mavsum davomida “Qizilqum”da o‘ynagan.

Bugungi yangiliklar