Bugun
45
O'zbek

Infantino O‘zbekistonga keldi

Futbol
29 sentabr, 14:08
    22
Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Infantino O‘zbekistonga keldi
Фото: ЎФА

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegatsiya 29–30-sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

FIFA delegatsiyasini sport vaziri Adham Ikramov hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov kutib oldi.

Tashrif doirasida mamlakatda futbolni yanada ommalashtirish, uning infratuzilmasini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator muhim loyihalar va obyektlar bilan tanishish rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston futbolini rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatimizda futbolni yanada taraqqiy ettirish borasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

22 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar