Bugun
24
O'zbek

Hütter "Monako"dan iste'foga chiqarilishi mumkin

Futbol
6 oktabr, 08:10
Hozirda klub rahbariyati yangi bosh murabbiy qidirishni boshlab yuborgan.
Hütter "Monako"dan iste'foga chiqarilishi mumkin
Foto: Sports.ru

Adi Hütter "Monako"dan iste'foga chiqarilishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Fransiya klubi milliy jamoalar o'yinlari sababli tanaffus vaqtida 55 yoshli mutaxassis bilan xayrlashishi mumkin. Hozirda "Monako" rahbariyati yangi bosh murabbiy qidirishni boshlab yuborgan.

5 oktabr kuni "Monako" Liga 1 doirasidan o'rin olgan bahsda "Nitssa" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi. Jamoa ketma-ket uchta o'yinda g'alaba qozona olmayapti — ikkita durang, bitta mag'lubiyat.

Hozirgi vaqtda "Monako" Fransiya chempionati jadvalida 7 ta o'yindan keyin 13 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi (4 g'alaba, 1 durang va 2 mag'lubiyat). Hütter esa "Monako"ni 2023 yil iyul oyidan beri boshqarib kelmoqda.

Bugungi yangiliklar