Chempionship pley-off finalida "Hall Siti" "Uembli" o'yingohida "Midlsbro"ga qarshi bellashdi. Bahs 1:0 hisobida "yo'lbarslar"ning g'alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol 90+5-daqiqada Oliver Makbarni hisobiga yozildi.
Shu tariqa, "Hall Siti" 9 yillik tanaffusdan so'ng Premer-ligada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
Avvalroq "Koventri" va "Ipsvich" jamoalari ham elitaga qaytish vazifasini uddasidan chiqqandi.
Darvoqe, klub yuqori divizionga qaytgani uchun liga tomonidan 250 million yevro oladi.
Chempionship. Pley-off. Final
Hall Siti – Midlsbro 1:0
Gol: Makbarni 90+5