UFCning yengil vazn toifasidagi chempioni Jastin Geyji faoliyatini davom ettirish borasida hali qaror qabul qilmaganini aytdi.
«Menimcha, endi isbotlaydigan narsam qolmadi. 37 yoshdaman, 2008-yildan beri jang qilib kelyapman. Hamma Sarukyan bilan jang qilishim kerakligini aytyapti. Bilmayman. Menda davolash kerak bo‘lgan jarohatlar bor. Hali qaror qabul qilganim yo‘q.
Gap hech qachon pulda bo‘lmagan. Gap sog‘liq haqida ketyapti. Shu bilan birga so‘nggi jangimda faoliyatimdagi eng yaxshi chiqishlardan birini namoyish etganimni tushunaman. Ikki o‘t orasida qolganman», — dedi Geyji.
Jastin so‘nggi marta 2026-yil iyun oyida oktagonga chiqqan. UFCning Oq uyda o‘tkazilgan turnirida u Iliya Topuriyani texnik nokaut evaziga mag‘lub etgan va kamarni qo‘lga kiritgan.
Geyji: «Sarukyan bilan jang qilishim kerakligini aytyapti, ammo yakuniy qarorni qabul qilmadim»
MMA
25 sentabr, 02:07
37 yoshli chempion faoliyatini davom ettirish borasida bir qarorga kelmaganini aytdi.
Foto: Getty Images