UFC yengil vazn toifasi chempioni Justin Geyji o‘z talqiniga ko‘ra MMA tarixidagi eng buyuk besh nafar jangchi nomini aytdi.
Amerikalik sportchi ro‘yxatga turli davrlarda aralash jang san’ati rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan mashhur jangchilarni kiritdi.
Geyjining MMA tarixidagi eng buyuk besh jangchisi:
— Roys Greysi;
— Anderson Silva;
— Jorj Sen-Pyer;
— Jon Jons;
— Chak Liddell.
Qayd etish lozim, Geyjining ro‘yxatidan Habib Nurmagomedov, Konor Makgregor va Demetrius Jonson kabi mashhur sobiq chempionlar o‘rin olmagan.
Ma’lumot o‘rnida, Justin Geyji so‘nggi marta 2026 yil iyun oyida oktagonga chiqqandi. U Oq uyda tashkil etilgan UFC turniri doirasida Iliya Topuriyaga qarshi jang o‘tkazib, raqibini texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.
O‘shanda shifokorlar 4 raunddan so‘ng ko‘plab zarbalar qabul qilgan Topuriyaga jangni davom ettirishga ruxsat bermagandi.