Live
9
O'zbek

Gattuzo "Torino" taklifini rad etdi

Futbol
25 may, 07:49
Turin klubi Gattuzoga 2028 yilning yoziga qadar bitim taklif qilgan.
Gattuzo "Torino" taklifini rad etdi
Фото: Getty Images

Italiya milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoga A Seriyadan taklif bo'ldi.

Insayder Nikolo Skira xabar berishicha, "Torino" klubi 48 yoshli mutaxassisga taklif bilan chiqqan. Biroq murabbiy "buqalar"da ishlashni istamagan.

Qayd etilishicha, klub Gattuzoga 2028 yilning yoziga qadar bitim taklif qilgan. Agar murabbiy shartnomaga rozi bo'lsa, yiliga 1,5 million yevro atrofida maosh olishi ko'zda tutilgandi.

Eslatib o'tamiz, Jennaro aprel oyi boshida Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Torino Torino
Bugungi yangiliklar