Live
1
O'zbek

Eron Kosta-Rika darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi, Janubiy Koreya Avstriyaga yutqazib qo‘ydi

Futbol
1 aprel, 01:39
FIFA kunlarida ko‘plab milliy jamoalar o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushishdi.
Eron Kosta-Rika darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi, Janubiy Koreya Avstriyaga yutqazib qo‘ydi
Eron Kosta-Rika darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi

Jumladan, bir necha kun avval Nigeriyaga imkoniyatni boy berib qo‘ygan (1:2) Eron milliy jamoasi Kosta-Rika bilan ro‘baro‘ keldi.

Ilk daqiqalardan o‘yin nazoratini o‘z qo‘liga olgan eronliklar yirik (5:0) hisobda zafar quchishdi.

Gollarga Ali Gulizade, Mehdi Taremi (dubl), Muhammad Mohebi va Mehdi Gaedi mualliflik qilishdi.

O‘rtoqlik o‘yini Eron - Kosta-Rika 5:0
Gollar: Ali Gulizade (10), Mehdi Taremi (19, 34), Muhammad Mohebi (31), Mehdi Gaedi (54).

Kunning yana bir o‘yinida Janubiy Koreya milliy jamoasi Avstriyaga qarshi bahs olib bordi.

Chinakamiga nazorat o‘yiniga aylanib ketgan bahsda bosh murabbiylar birgalikda 17 nafar futbolchini alishtirishdi.

Bahs taqdirini esa 48-daqiqada Marsel Zabitser tomonidan urilgan yagona gol hal qildi.

O‘rtoqlik o‘yini Avstriya - Janubiy Koreya 1:0
Gol: Marsel Zabitser (48).

Bugungi yangiliklar