«Real»dan ijaraga olingan «Lion» hujumchisi Endrik kelajagi, jumladan, kelasi mavsumda Fransiya jamoasida qolishi imkoniyatini muhokama qildi.
«Haqiqatan ham bilmayman. Agar «Real»ga qaytishga to‘g‘ri kelsa, mamnuniyat bilan qaytaman. Agar boshqa klubda faoliyatimni davom ettirish imkoniyati paydo bo‘lsa — shunday bo‘lar. «Lion»ni Chempionlar Ligasiga olib chiqa olishimizga juda umid qilaman — bu klub mos bo‘lgan daraja», — dedi Endrik Canal Plus Footga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda 19 yoshli braziliyalik hujumchi «Lion» safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma yetkazib berdi. Forvard ijarasi ushbu mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.