Ederson Turkiyaning «Fenerbahche» klubiga ko'chib o'tdi. APL tarixida eng ko'p assist qayd etish orqali tarix yoza olgan futbolchi «Siti»ni tark etganidan keyin o'zining instagram sahifasida xayrlashuv maktubini yozib qoldirdi.
«Siti» libosida o'rganish, muvaffaqiyat qozonish va g'alabalarni nishonlashga ham deyarli 10 yil bo'ldi. Bu davr umrbod men bilan birga bo'ladigan shaxsiy va professional o'sishsa sababchi bo'ldi.
Men barcha jamoadoshlarimga shuningdek g'alaba va mag'lubiyatlarni, xursandchilik, ko'z yozshlar hamda unutilmas xotiralarni taqdim etgan haqiqiy aka-ukalarimga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Hech narsa mas'uliyat, birlashish va do'stliksiz amalga oshmas edi.
Nafaqat futbolchi sifatida, balki inson sifatida ham o'sishda yordam bergan janob Pep hamda darvozavonlar murabbiyi Xavierga alohida rahmat aytaman. Shuningdek butun boshli murabbiylar shtabidan ham minnatdorman.
«Manchester Siti»ning barcha ishchi-xodimlariga o'zgacha e'tirof berishni xohlayman. Sizlar klubning haqiqiy ko'rinmas qahramonlarisizlar.
«Siti» muxlislari, mendagi hissiyot sizlarga ta'riflash uchun kuchliroq kuchliroq so'zlarni topa olmadim. Har bir bahsni futboldan-da kattaroq darajaga aylantirib yuborasiz. Stadiondagi davomiy qo'llab-quvvatlashingiz, energiya berishingiz, qiyin davrlardagi xatlaringiz va g'alabalardagi nishonlashingiz meni harakatga keltiruvchi yoqilg'im edi. «Siti» bir umr qalbimdan joy oladi. 2 farzandim Manchesterda tug'ildi va bu yer men uchun shunchaki hududdan ko'prog'ini anglatadi.
Bu yerdagi g'alabali sahifani yakunlash va yangisini boshlash vaqti keldi. Umid qilamanki klub keyingi yillarda ham g'alabalarni davom ettiradi.
Hammasi uchun rahmat. Sizlar hayotimni o'zgartirdingiz. Sizlarni yaxshi ko'raman»,-deb yozdi braziliyalik 32 yoshli darvozabon.