«Fenerbahche» klubi Edersonning transferini e’lon qildi. Braziliyalik 32 yoshli kiper Turkiya klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Shuningdek, kelishuvga ko‘ra, tomonlar kelishuv muddatini bir yilga uzaytirishi mumkin.
Ederson «Siti» libosida ajoyib statistika qayd etish orqali o'ziga xos tarix yarata olgan futbolchi sifatida jamoani tark etdi. Posbon “shaharliklar” tarkibida 7 ta assistni amalga oshirdi va bu ishni APLda boshqa hech kim bajara olmagan.
Peter Shmeyxel, Tim Hovard va Alisson kabi darvozabonlarda 3 tadan assist mavjud bo'lsa, «Arsenal» sobiq posboni Devid Simen va «Liverpul» qo'rg'oni bo'lgan Pepe Reyna 4 tadan golli uzamatmani amalga oshirgan. Sobiq «Tottenhem»chi Pol Robinson ro'yxatda 5 ta assisti bilan 2-o'rinni egallab turibdi.