Bugun
18
O'zbek

Dzyudo. O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Osiyo chempionatini 12 ta medal bilan boshladi

Boshqa sportlar
17 iyul, 05:15
Ilk kundayoq 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medali qo‘lga kiritildi.
Dzyudo. O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Osiyo chempionatini 12 ta medal bilan boshladi
Foto: Olympic uz

Iordaniya poytaxti Amman shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start oldi.

MOQ matbuot xizmati yozishicha, musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston jamoasi aʼzolari 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

🥇 Oltin medal:
-50 kg: Akbar Sharipov
-60 kg: Davlatbek Ahrorov
-66 kg: Akromjon Karimov
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
-44 kg: Dilafro‘z Boltaboyeva
-48 kg: Charos Hikmatova

🥈 Kumush medal:
-55 kg: Bobur Yusupov
-44 kg: Alina Kolyucheva

🥉 Bronza medal:
-50 kg: Ma'murjon Abduvahobov
-60 kg: Abubakr Sattorov
-48 kg: Mohinur Olloberganova
-52 kg: Kumushbibi Ergasheva

Bugungi yangiliklar