Live
1
O'zbek

De Bryuyne Chempionlar Ligasida assistlar bo'yicha yarimhimoyachilar orasida 5-o'ringa chiqdi

Futbol
2 oktabr, 04:22
34 yoshli belgiyalik futbolchi hisobida 26 ta golli uzatma bor.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
De Bryuyne Chempionlar Ligasida assistlar bo'yicha yarimhimoyachilar orasida 5-o'ringa chiqdi
Foto: AFP

«Napoli» futbolchisi Kevin de Bryuyne Chempionlar Ligasida assistlar bo'yicha yarimhimoyachilar orasida 5-o'ringa chiqdi.

Kevin Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 2-turidagi «Sporting»ga qarshi o'yinda (2:1) Rasmus Hoylundga 2 assist amalga oshirdi. 34 yoshli belgiyalik futbolchi hisobida endi Chempionlar Ligasi o'yinlarida 26 ta golli uzatma bor.

Bu ko'rsatkich bo'yicha u Zinedin Zidan va Andres Inyesta bilan tenglashdi. Yarimhimoyachilar orasida faqat Rayan Giggz (41), Anxel di Mariya (38), Devid Bekhem (36) va Xavi (31) undan ko'proq assist qilgan.

Bugungi yangiliklar