Live
1
O'zbek

Daniil Medvedev joriy mavsumda ATP turnirlarining eng keksa chempioniga aylandi.

Tennis
29 sentabr, 10:26
US Open — 2021 chempioni, dunyoning oltinchi raketkasi o‘ziga xos natija qayd etdi.
Daniil Medvedev joriy mavsumda ATP  turnirlarining eng keksa chempioniga aylandi.
Foto: Gettyimages

US Open — 2021 chempioni, dunyoning oltinchi raketkasi rossiyalik tennischi Daniil Medvedev (30 yosh-u 7 oy) joriy mavsumda ATP musobaqasining eng yoshi katta g‘olibiga aylandi. Bugun,-29-sentyabr kuni u Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan ATP-250 turnirida g‘olib chiqdi.

Titul uchun kechgan bahsda u hamyurti Andrey Rublyovni (reytingda 24-o‘rin) mag‘lub etdi. Uchrashuv 7:5, 6:4 hisobida yakunlandi.

Medvedev uchun Xanchjoudagi titul uning faoliyatidagi yigirma to‘rtinchi, hard qoplamasidagi yigirma ikkinchisi va mavsumdagi uchinchi sovrin bo‘ldi. Avvalroq,-2026-yilda u Brisbendagi ATP-250 va Dubaydagi ATP-500 turnirlari g‘olibi bo‘lgan edi. Medvedev 24 ta tituldan 23 tasini turli shaharlarda qo‘lga kiritgan — faqat Dubayda u ikki marta, 2023 va-2026-yillarda g‘alaba qozongan.

Bugungi yangiliklar