UFC prezidenti Dana Uayt tashkilotning hozirgi qiymati 50 milliard dollarga baholanishi mumkin, deb hisoblaydi.
«Men bu biznes bilan shug‘ullana boshlaganimda, unga ishonganlar kam edi. Biz UFC’ni 2 million dollarga sotib olganmiz.
Agar «Leykers» 12,5 milliard dollarga sotilgan bo‘lsa, UFC hozir 50 milliard dollar turadi», — dedi Uayt The Diary efirida.
Avvalroq UFC va Paramount kompaniyalari qiymati 7,7 milliard dollar bo‘lgan 7 yillik kelishuvga erishgandi.