Germaniya chempionatining 2-turida "Borussiya" Dortmundda "Union"ni qabul qildi va mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.
"Signal Iduna Park"da o'tgan bellashuvda Seru Girassi dublga erishdi, zaxiradan tushgan Feliks Nmecha ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.
Bundesliga. 2-tur. 31 avgust
Borussiya D — Union Berlin 3:0
31 avgust. "Signal Iduna Park"
Gollar: Girassi (44, 58), Nmecha (81).