Germaniya chempionatining 17-turidan o'rin olgan bir qancha o'yinlar bo'lib o'tdi.
Peshqadam "Bavariya" (47) safarda "Kyoln" (17, 11-o'rin) ustidan iroda bilan g'alaba qozonib, eng yaqin ta'qibchisi "Borussiya D" bilan farqni yana 11 ochkoga yetkazdi.
Shuningdek, "Leypsig" (32, 3-o'rin) "Frayburg"ni (23, 8-o'rin) mag'lub etdi, Kramarich het-trik qayd etgan bellashuvda "Hoffenhaym" (30, 5-o'rin) "Borussiya M"ni (19, 10-o'rin) tor-mor etdi.
Bundesliga. 17-tur. 14 yanvar
Kyoln — Bavariya 1:3
Gollar: Mayna (41) — Gnabri (45+5), Kim (71), Karl (84).
Kyoln — Shvabe, Simpson-Pasi, Sebulonsen, Lund, Ozkajar, Kraus (Yohanesson, 78), Al Mala (Valshmidt, 79), Kaminskiy, Tilman (Niang, 84), Mayna (Shenten, 67), Ahe (Byulter, 78).
Bavariya — Noyer, Kim, Ito (Gerreyru, 88), Ta (Upamekano, 67), Goretzka, Laymer, Pavlovich, Olise (Bishof, 82), Dias, Gnabri (Karl, 67), Keyn.
Leypsig — Frayburg 2:0
Gollar: Orban (53), Romulo (56).
Hoffenhaym — Borussiya M 5:1
Gollar: Kramarich (22 penalti, 45+1, 45+4), Lemperle (24), Moerstedt (77) — Matino (69).