Live
1
O'zbek

«Bavariya» va «Yuventus» sobiq vingeri Braziliyada hibsga olindi

Futbol
19 sentabr, 01:29
Bunga futbolchi katta miqdorda aliment to'lamagani sabab bo'lgan.
«Bavariya» va «Yuventus» sobiq vingeri Braziliyada hibsga olindi
Foto: Idman.biz

Braziliya sudi «Bavariya» va «Yuventus» klublarining sobiq hujumchisi Duglas Kostani 78 ming yevrodan ortiq aliment to'lamagani uchun hibsga olishga buyruq berdi.

Globe Esporte xabariga ko'ra, qaror Porto-Alegrining 6-oilaviy sudi tomonidan qabul qilingan bo'lib, hujjat 30 kunlik qamoq jazosini nazarda tutadi va ikki yil davomida amal qiladi.

Huquqiy muammolar fonida «Sidney» 35 yoshli futbolchi bilan o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilganini e'lon qildi. Kosta Avstraliya klubi safiga o'tgan yili kelib qo'shilgan edi. Uning hisobida 25ta o'yinda 6ta gol bor.

Jamoa bosh murabbiyi Ufuk Talay Kostaning jamoa o'yiniga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi va hamkorlikni to'xtatish qarori klubning yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish manfaatlari yo'lida qabul qilinganini ta'kidladi.

35 yoshli futbolchi faoliyati davomida Braziliya milliy jamoasida 31 ta o'yinda 3 ta gol kiritgan.

Bugungi yangiliklar