Bugun
15
O'zbek

«Barselona» Oriol Romeu bilan shartnomani bekor qilmoqchi

Futbol
27 iyul, 15:13
Ispaniyalik futbolchi 2023 yildan buyon kataloniyaliklar safida to'p surmoqda.
ФОТО: Насрулло Каримов
Nasrullo Karimov Editor
«Barselona» Oriol Romeu bilan shartnomani bekor qilmoqchi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi yarimhimoyachisi Oriol Romeu yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, «ko'k-anorranglilar» amaldagi shartnoma kelasi yilning iyun oyida yakunlanishiga qaramay, 33 yoshli futbolchini tekinga qo'yib yuborishga tayyor.

Qayd etilishicha, «Barselona» Romeuga klub rejalarida yo'qligini aytgan.

Ma'lumot uchun, Romeu o'tgan mavsum barcha turnirlarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, birorta samarali harakat amalga oshira olmadi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 1,2 million yevroga baholanmoqda.

Bugungi yangiliklar