Misr milliy jamoasi va «Barselona» klubi a’zosi Hamza Abdulkarim jahon chempionati-2026 1/8 final bosqichi doirasidagi Argentinaga qarshi bahs haqida fikrlarini bildirdi.
Pley-offning ilk bosqichida misrliklar Avstraliyani penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratishni uddalashdi. Argentinaliklar esa Kabo-Verdeni qo‘shimcha bo‘limlarda taslim etishdi (3:2).
– Sen jahon chempionatida Messiga qarshi o‘ynashni orzu qilganmiding?
– Biz birgina Messiga qarshi emas, Argentina milliy jamoasiga qarshi o‘ynaymiz, – deya 18 yoshli futbolchi so‘zlaridan iqtibos keltirdi Barca Universal.
Ma’lumot uchun, Abdulkarim Misrning ushbu mundialdagi 4 o‘yinining barchasida so‘nggi daqiqalarda zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Iyun oyi avvalida «Barselona» Misrning «Al Ahli» klubidan sotib olishga qaror qilgani ma’lum bo‘lgandi.