«Barselona» La Liganing 29-turida «Rayo Valyekano»ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, mag‘lubiyatsiz seriyasini 8 ta bahsga yetkazdi.
22-fevraldan buyon kataloniyaliklar «Levante» (3:0), «Vilyarreal» (4:1), «Atletiko» (3:0), «Atletik» (1:0) va «Sevilya»ni (5:2) mag‘lub etdi. Shuningdek, «Nyukasl» bilan safarda 1:1 hisobida durang o‘ynab, javob bahsida raqibini 7:2 hisobida taslim qildi.
Shu davr oralig‘ida jamoa umumiy hisobda 25 ta gol urib, atigi 6 ta gol o‘tkazib yubordi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» keyingi bahsini 4-aprel kuni «Atletiko»ga qarshi o‘tkazadi.