Live
1
O'zbek

«Barcelona» «PSJ»ni «Kamp Nou»da qabul qilmasligi kutilmoqda

Futbol
18 sentabr, 12:43
Kataloniyaliklarning oʻz maydoniga qaytishi yana kechiktirilishi mumkin.
«Barcelona» «PSJ»ni «Kamp Nou»da qabul qilmasligi kutilmoqda
Foto: FC Barcelona

«Barcelona»ning «Kamp Nou»ga qaytishi yana kechiktirilishi mumkin.

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, kataloniyaliklar 1 oktabr kuni boʻlib oʻtadigan «PSJ»ga qarshi Chempionlar Ligasi oʻyinini «Olimpiya» stadionida oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Manbaga koʻra, «koʻk-anorranglilar» allaqachon bu haqida UEFA va «PSJ»ni ogohlantirgan.

Ma'lumot oʻrnida, «Kamp Nou»dagi rekonstruksiya ishlari 2026 yilning yozida toʻliq yakunlanishi kutilmoqda.

Bugungi yangiliklar