Live
3
O'zbek

"Arsenal" Eze uchun 70 million sarflashga tayyor

Futbol
26 iyul, 06:40
Klub bu to‘lovni uch qismda amalga oshirish niyatida.
"Arsenal" Eze uchun 70 million sarflashga tayyor
Foto: Daily Mail

"Arsenal" "Kristal Pelas" futbolchisi Eberechi Ezeni sotib olmoqchi. Bu haqda The Independent xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, "to‘pchilar" 27 yoshli havbek uchun "burgutlar"ga 70 million yevrolik taklif yubormoqchi. Shuningdek, "Arsenal" bu to‘lovni uch qismda amalga oshirish niyatida.

O‘tgan mavsumda Eze barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda ishtirok etib, 14 gol va 11 assist amalga oshirdi. Futbolchining jamoasi amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, uning narxi 55 million yevroni tashkil etadi. Avvalroq "Arsenal" Moskera transferini e'lon qilgandi.

Bugungi yangiliklar