Bugun
16
O'zbek

«Arsenal» e’tiborini «Barselona»ning fransiyalik himoyachisiga qaratdi

Futbol
4 iyul, 08:23
Qanot himoyachisi Kunde London klubining ehtimoliy transferlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Arsenal» e’tiborini «Barselona»ning fransiyalik himoyachisiga qaratdi
Foto: Getty Images

«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde «Arsenal»ning himoyani kuchaytirish uchun asosiy variantlaridan biri bo‘lib turibdi.

Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, «Arsenal» 27 yoshli Kunde transferi bo‘yicha «Barselona» bilan bog‘langan. Londonliklar o‘ng qanot himoyachisi izlamoqda va Kunde — bu rolga asosiy nomzod.

Manbaning yozishicha, «Barselona» futbolchisi uchun 58,5 mln yevro talab qilmoqda. Fransiyalikning Kataloniya klubida maoshi yiliga 12 mln yevroni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, 2025/26-yilgi mavsumda Kunde barcha musobaqalarni inobatga olganda 47 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Bugungi yangiliklar