Bugun
16
O'zbek

APLning 3 klubi Yaponiya milliy jamoasi darvozaboniga qiziqish bildirmoqda

Futbol
4 iyul, 10:11
Yaponiya milliy jamoasi kiperi Suzuki faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
APLning 3 klubi Yaponiya milliy jamoasi darvozaboniga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Yaponiya milliy jamoasi darvozaboni Zion Suzuki Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Italiyaning «Parma» klubi darvozaboni 2026 yilgi Jahon chempionatidagi o‘yinlaridan so‘ng Premer-liganing uch jamoasi e’tiborini tortdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli futbolchiga Birminghemning «Aston Villa», «Manchester Yunayted» va «Lids» klublari qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Suzuki 2024-yildan beri Italiyada o‘ynamoqda. Uning «Parma» bilan shartnomasi 2029-yil yozida tugaydi.

O‘tgan mavsumda yaponlik futbolchi A Seriyasining 20 ta o‘yinida maydonga tushib, 5 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Transfermarkt portali darvozabonning aktual transfer narxini 20 million yevroga baholamoqda.

Bugungi yangiliklar