Mavsum boshida «Andijon» safiga qo'shilgan sloveniyalik 23 yoshli yarim himoyachi Altin Kreziu «burgutlar» bilan xayrlashdi. Bu haqida Andijon klubi matbuot xizmati xabar berdi.
«Aytish lozimki, har ikki tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra amaldagi shartnoma bekor qilindi.
Kreziu «burgutlar» tarkibida 19 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi», — deb yoziladi xabarda.