Bugun
15
O'zbek

Allegri: «Biz uning kelishini intizorlik bilan kutyapmiz»

Futbol
7 iyul, 09:03
«Milan» bosh murabbiyi Luka Modrich haqida gapirdi.
ФОТО: Насрулло Каримов
Nasrullo Karimov Editor
Allegri: «Biz uning kelishini intizorlik bilan kutyapmiz»
FOTO: Getty Images

«Milan»ning yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «Real» bilan shartnomasi yakunlanganidan so'ng jamoaga kelib qo'shiladigan Luka Modrich haqida gapirdi.

«Biz uning kelishini intizorlik bilan kutyapmiz, u avgustda keladi. U ajoyib o'yinchi.

Bizda Richchi, Modrich va Loftus-Chik bor, ular juda muhim o'yinchilar. Shuningdek, bizda Fofana, Bondo va Musa ham bor. Biz iloji boricha uchta yarimhimoyachi bilan o'ynashga harakat qilamiz», - dedi Allegri.

Ma'lumot o'rnida, Modrich KJCHdan so'ng yangi jamoasi tarkibida tibbiy ko'rikdan o'tadi va «Milan» safiga borib qo'shiladi.

Xorvatiyalik futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 61 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 4 million yevroga baholanmoqda.

Bugungi yangiliklar