Live
1
O'zbek

Akbar Xudoyberdiyev – "Dinamo" futbolchisi

Futbol
19 fevral, 17:24
2006 yilda tug'ilgan yarim himoyachi mavsum uchun qaydnomaga limitdan tashqari o'tkazilgandi.
Akbar Xudoyberdiyev – "Dinamo" futbolchisi
Фото: Динамо ПФК

"Dinamo" jamoasi mavsum oldidan tajribali o'yinchilar bilan birga yosh iqtidorlar bilan ham safini kuchaytirdi.

Mavsum oldidan "Dinamo" ko'rigida bo'lgan iqtidorli yoshlardan biri Akbar Xudoyberdiyev yangi mavsumda jamoa sharafini himoya qiladi. 19 yoshli yarim himoyachi Dubaydagi yig'inlarda o'z harakatlari bilan umidli o'yinchi ekanini ko'rsatdi. 2006 yilda tug'ilgan yarim himoyachi mavsum uchun qaydnomaga limitdan tashqari o'tkazilgandi.

"Chig'atoy" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanalmish Akbar o'tgan mavsum "Zamin" safida Zayniddin Tojiyev qo'l ostida Birinchi ligada muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi.

Akbar Xudoyberdiyev
27 noyabr, 2006 yil.
Samarqand viloyati, Paxtachi tumani.
Chig'atoy futbol maktabi tabriyalanuvchisi.

Bugungi yangiliklar