Akbar Joʻrayev dast koʻtarishda oʻzi oʻrnatgan jahon rekordini yangilab, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Xitoyning Ninbo shahrida davom etayotgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida Akbar Joʻrayev hozirgina yakunlangan -110 kg vazn toifasining dast koʻtarish mashqida oltin medalni qoʻlga kiritish barobarida oʻzi oʻrnatgan jahon rekordini yangilashga muvaffaq boʻldi. Joʻrayev ushbu mashqda 198 kg natija qayd etdi.
U shu orqali oʻziga tegishli boʻlgan jahon rekordini yangiladi va oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi